Ilova haqida

1.1 At Tartil ilovasi Tiyn-Zaytun MCHj ning intellektual mulki hisoblanib, undagi biror ma’lumot yoki contentni muallif ruxsatisiz foydalanish ta’qiqlanadi.

1.2 Ilova O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo’yicha qo’mitaning 2022 yil 18 aprel sanadagi 180-sonli xulosasi asosida tayyorlandi.

Asosiy tushunchalar

2.1 Tiyn - Zaytun MCHj, bundan buyon muallif deb yuritiladi.

2.2 Dastur foydalanuvchilari, bundan buyon foydalanuvchi deb yuritiladi.

2.3 Foydalanish ta’riflari, bundan buyon ta’rif deb yuritiladi va dasturdan foydalanishning muayyan muddati uchun to’lovni ifoda etadi.

2.4 Foydalanishning tekin muddati, bundan buyon “trial” deb ham yuritilishi mumkin.

Ilova tasnifi

3.1 At Tartil ilovasi iOS va Android qurilmalari uchun mo’ljallangan. Unda quyidagi imkoniyatlar mavjud:

3.1.1 Qur’on tilovatini osonlashtirilgan tajvid orqali o’rganish

3.1.2 Tajvid darslari

3.1.3 30 pora Quron tilovati

3.1.4 Dasturning Yurug’lik/Qorong’u ko’rinishlari(Hozircha faqat android qurilmalari uchun)

3.1.5 “Eslatmalarim” va “Joriy dars” larni ko’rsatish.

3.2 At Tartil Qurʼonni taʼlim oluvchilar uchun maxsus ilova bo'lib, unda Qurʼoni karim taʼlimi uchun tezlikning “tahqiq” darajasida o‘qilgan. Harflarning maxraj va sifatlariga alohida eʼtibor berilgan. Ijozaga ega bo‘lgan yurtimiz qorilaridan bir nechtalari ko‘rigidan o‘tib, omonat yuzasidan Misr diyorining ulug‘ shayxlari ham mukammal holda to‘la eshitib chiqib, tarqatish uchun ijoza berganlar.

3.3 Allohning izni bilan hijriy 1441 yil, jumadul avval oyining 29 sanasi, juma kunida boshlanib, hijriy 1441 yil, shavvol oyining 28 sanasi, juma kunida xatm tugallandi va qorilar tekshiruvi bilan 1443 yil, rabiul oxir oyining 24 sanasi, dushanba kunida tamomiga yetdi.

3.4 Tajvid darslari bo’limi orqali mamlakatimiz ustoz qorilaridan bo’lmish Jahongir Ne’matov tomonlaridan tayyorlangan maxsus tajvid darslarini tomosha qilish imkoni mavjud.

3.5 Ilovada Quron Karimning tilovati hamda oyatlarni ko’rsatgan holda video orqali tomosha qilish imkoniyati qo’shilgan bo’lib. Bu qism vaqt o’tishi bilan to’latilib borilmoqda.

3.6 Ilovada dasturning ikki xil ishlash tartibi mavjud. Yorug’lik rejimi orqali dasturni yorqin ranglarda ko’rish va ishlatish imkoniyat beriladi. Shuningdek qulaylik maqsadida dasturni qoraytirilgan holatga ham o’tkazib olish mumkin.

3.7 At Tartil ilovasida suralarning muayyan oyatlarini belgilab olish mumkin. U suralarni “Eslatmalarim” bo’limidan topiladi. Bu orqali saqlangan suraning belgilangan oyatiga oson borish imkoni mavjud. Shuningdek “Joriy Dars” bo’limida dastur sizga oxirgi marta qaysi surani o’qiganingizni eslatib turadi.

Foydalanish tartibi

4.1 Dasturdan foydalanish uchun ta’riflardan biriga to’lov qilinishi kerak. To’lov ta’riflari va miqdori muallif tomonidan ixtiyoriy vaqtda o’zgartirilishi mumkin. Bunday vaqtlarda to’lovlardagi kamaytirilgan farqlar(qachonki narxlar kamaytirilganda) oldingi to’lov qilgan foydalanuvchilarga to’lab berilmaydi. Shuningdek oshirilgan farqlar(qachonki narxlar oshganda) oldingi to’lov qilgan foydalanuvchilardan undirilmaydi.

4.2 Dasturdan foydalanish, ro’yxatdan o’tishning ilk kunlarida(hozirda 7 kun) tekin. Va muallif tomonidan o’zgartirilishi mumkin. Shundan so’ng ta’riflardan biriga to’lov qilinishi kerak bo’ladi.

4.3 Foydalanuvchi tomonidan qilingan to’lovlarni qaytarish imkoni mavjud emas. Shuning uchun to’lov qilishdan oldin yaxshilab o’ylab ko’rish so’raladi. Bu bo’yicha mas’uliyat foydalanuvchi zimmasiga yuklanadi. To’lov amalga oshirilgan taqdirda foydalanuvchi yuqoridagi shartlarga rozi deb qabul qilinadi.

4.4 To’lov imkoniga ega bo’lmaganlar muallifga chiqishlari va muayyan muddat uchun trialga ega bo’lishlari mumkin. Bu imkoniyat faqatgina ro’yxatdan o’tgan foydalanuvchilar uchun mavjud. Muallif ushbu so’rov bilan chiqqan barchaga bunday imkon berish majburiyatini olmaydi.

4.5 Muallif ilovaning faoliyatini istalgan vaqtda to’xtatish huquqiga ega. Bunday holatlarda, foydalanuvchilarning shu vaqtgacha qilgan to’lovlari qaytarib berilmaydi. Va to’lov qilgan foydalanuvchilar, to’lov qilgan vaqtlaridan boshlab bunga rozi deb qabul qilinadi.

Xatoliklar bo’yicha

5.1 Muallif ilovadagi yoki unga bog’liq holda yuzaga kelgan har qanday xatolik, ko’ngilsizlik, noqulaylik, jismoniy, iqtisodiy yoki ma’naviy zarar uchun mas’uliyatni o’z zimmasiga olmaydi.

5.2 Ilovadagi tehnik xatoliklar yoki so’rovlar bo’yicha dastur menyusidagi “Ilovadagi xatoliklar” bo’limi orqali murojaat qilishingiz mumkin.

5.3 Xatoliklar yoki takliflar bo’yicha qisqa muddatda chora ko’rish yoki javob berish kafolatlanmagan. Va to’lov qilgan foydalanuvchilar, to’lov qilgan vaqtlaridan boshlab bunga rozi deb qabul qilinadi.

Foydalanuvchi Ma’lumotlari

6.1 Ilovada foydalanuvchilarning ro’yxatdan o’tish usuliga ko’ra turli ma’lumotlari so’ralishi va qayta ishlanishi.

6.2 Ism, familiya, otasining ismi, bu Ma’lumot asosan murojaatlar vaqtida foydalanuvchini tekshirish va tasdiqlash maqsadlarida ishlatishi mumkin. To’liq yoki qisman kiritish foydanlanuvchining ixtiyorida.

6.3 Email, ma’lumot qachonki user email orqali ro’yxatdan o’tganida majburiy, telefon orqali ro’yxatdan o’tganda ixtiyoriy hisoblanadi. Majburiy bo’lgan holatlarda foydalanuvchi tomonidan asosan dasturga kirish, to’lovlarni nazorat qilish va murojaatlarni tekshirish maqsadlarida ishlatilishi mumkin.

6.4 Telefon raqami, ma’lumot qachonki user telefon raqami orqali ro’yxatdan o’tganida majburiy, telefon orqali ro’yxatdan o’tganda ixtiyoriy hisoblanadi. Majburiy bo’lgan holatlarda foydalanuvchi tomonidan asosan dasturga kirish, to’lovlarni nazorat qilish va murojaatlarni tekshirish maqsadlarida ishlatilishi mumkin.

6.5 Shuningdek yig’ilgan ma’lumotlar analitika(foydalanuvchilar tabiatini o’rganish, marketing, sifatni oshirish va yangi versiyalarni ishlab chiqish va boshqalar) maqsadlarida ham ishlatilishi mumkin.

Muallif ushbu ilovadan foydalanish bo’yicha shartlarni, ilovaning o’zini va tuzilishini, uning ishlash tartibini, ko’rinishi va uning tarkibini ixtiyoriy vaqtda o’zgartirish huquqiga ega. Va buning uchun foydalanuvchilar oldida hech qanday majburiyatga ega emas. Foydalanuvchi ro’yxatdan o’tgan taqdirda foydalanish bo’yicha barcha shartlarga rozi deb qabul qilinadi.

At Tartil ilovasini Alloh taolo barchalarimiz uchun manfaatli qilsin. Din yo’lida qilingan amallarni O‘zi qabul aylasin. Omin.